Qoʻqon - Jizzax avtomobil yoʻli chetidagi 55 gektar aholiga boʻlib beriladi

    Zarbdor hududidan oʻtgan Qoʻqon - Jizzax avtomobil yoʻli chetidagi 55 gektar, Yangiobodda 700 gektar eski pistazorlarni yangilab, 5 gektardan aholiga boʻlib berish taklifi maʼqullandi.

    Shuningdek, Zarbdorda sotilmay qolayotgan 10 ta va xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 6 ta obyektning boshlangʻich bahosini 10 foizgacha pasaytirib, 5-yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilsa, tadbirkorlar loyiha qilishi va 200 ta ish oʻrni yaratilishi mumkinligi taʼkidlandi.

    “Mana, birgina tumanni oʻzida qancha imkoniyat! Qoʻshimcha 5 mingta ish oʻrni, kamida 50 million dollar eksport, tuman byudjetiga qoʻshimcha 80 milliard soʻm tushum”, - dedi davlatimiz rahbari.