Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, festival O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi «Turkiy davlatlar bilan turizm sohasida hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
Festival dasturidan milliy xalq o‘yinlari, sirk tomoshalari o‘rin olgan.
Tadbir ishtirokchilar hamda mehmonlarga unutilmas taassurotlarni hadya etishi shubhasiz.