Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi B.M. shahar hududida joylashgan avtobekatni “Aqlli bekat” sifatida foydalanish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, loyiha tashabbuskori M.S.dan 1 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.