Qaror bilan belgilangan sohani bosqichma-bosqich isloh qilishning ustuvor vazifalari qatorida Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalari doirasida uchta temiryoʻl vokzalini, shu jumladan, Qoʻqon shahridagi temir yoʻl vokzalini rivojlantirish rejalashtirilgan.
Transport vazirligi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu temir yoʻl vokzallarini DXSH asosida rivojlantirish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.