Tadbir doirasida Qoʻqon shahri hamda Soʻgʻd viloyatining Xoʻjand shahri oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Qoʻqon shahar hokimi Maʼruf Usmonov hamda Xoʻjand shahri raisi Firdavs Sharifzoda tomonidan imzolangan ushbu hujjat bilan ikki tarixiy shahar oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, taʼlim, ilm-fan, madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport va turizm sohalarida keng hamkorlikka asos solindi.