Musobaqada 20 ga yaqin mamlakatdan 200 ga yaqin polvonlar bellashdi. Xususan, o'g'il bolalar -42, -45, -50, -55, -60, -65, - 1, -77, -85, -95, +95 kg., qizlar -44, -48, -52, -57, -63, -70, +70 kg. vazn toifalarida g'oliblik uchun gilamga tushdi.
Har bir vazn toifasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilarga 5 million so'm, ikkinchi o'rin sohiblariga 3 million so'm, ikkita uchinchi o'rinni egallagan polvonlarga 2 million so'mdan pul mukofotlari, diplom hamda medallar topshirildi.
— Prezident sovrini uchun o'tkazilgan jahon chempionatini ham muvaffaqiyatli o'tkazib oldik, — deydi O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov. — Bu mamlakatimizda hukmron tinchlik va farovonlik muhiti mevasidir. SHuningdek, milliy sportimiz — belbog'li kurashning xalqaro sport maydonlarida yildan yilga nufuzini oshib borayotgani dalili.
Ilhom Rahmonov