10-iyunga qadar davom etgan marafonda hududiy loyihalar koʻrgazmasi tashkil etiladi. Koʻrgazmada innovatsion, texnologik, ilmiy, startap loyiha va ishlanmalari boʻlgan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatidagi OTMlarining professor-oʻqituvchilari, talabalari va talaba boʻlmagan yoshlari ham soni innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etishi mumkin.
5 muhim tashabbus doirasida oʻtkaziladigan marafonda yoshlarning texnologik bilimlarini oshirish, ularga startaplarni gʻoyadan prototip holatigacha olib chiqish va akseleratsiyasini amalga oshirish boʻyicha amaliy koʻmak berishga eʼtibor qaratiladi.
Ishtirokchilar “3 D prototiplashtirish”, “Mexatronika va Robototexnika”, “Dasturlash”, “Biotexnologiya”, “Oziq-ovqat sanoati”, “VR va AR”, “Muqobil energiya” va “Mashinasozlik” yoʻnalishlari boʻyicha guruhlarga boʻlinib, interaktiv seminar-treninglar, taqdimot mashgʻulotlarida qatnashishi mumkin.
Hududiy innovatsiyalar koʻrgazmasida saralab olingan ishlanmalar mualliflari Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan har yili kuz oylarida oʻtkaziladigan InnoWeyek xalqaro innovatsiyalar haftaligida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.
Marafon yakunida guruhlar tomonidan yaratilgan loyihalar saralab olinib, gʻolib mualliflar taqdirlanadilar.