Respublika tez tibbiy yordam markazi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 13-mart kuni Qoʻqon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tibbiy yordam avtomashinasida haydovchi Gʻ.A. oʻz boshimchalik bilan daraxt koʻchatlarini yuklagan holatda harakatlangani aniqlandi.

Poliklinikada ushbu holat boʻyicha Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasi masʼullari ishtirokida tanqidiy yigʻilish oʻtkazilib, haydovchi Gʻ.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, poliklinika bosh shifokori F.M.ga oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani, avtomashinalardan unumli va samarali foydalanish choralarini koʻrish boʻyicha haydovchilar oʻrtasida yetarli darajada yoʻriqnoma oʻtkazib, tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun hayfsan intizomiy jazosi berildi.