Tadbirda so'z olgan Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy va Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov jahon hunarmandchiligida mamlakatimizning tutgan o'ziga xos o'rni va so'nggi yillarda yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga to'xtalib o'tdilar.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o'z so'zida Davlatimiz rahbari tomonidan tariximiz, milliy o'zligimiz timsoli bo'lgan, qadimiy va boy an'analarga ega hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidlab, buning natijasida milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an'analarini saqlashga keng imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi.