Xoʻjanddan yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar Andarxon chegara maskanida kutib olinib Quqon shahriga kuzatib qoʻyildi. Beshariq tumani hokimi Rasuljon Joʻrayev bojxona maskanida Tojikistondan kelayotgan yoʻlovchilarni kutib olib ularga oq yoʻl tiladi.
Yangi xalqaro yoʻnalishda ish boshlagan avtobus qatnovi ertalab soat 8:00 da Xoʻjand shahridan Qoʻqonga yoʻl oladi.
Avtobus qatnovi kech soat 20:00 da Xoʻjand shahriga oxirgi yoʻnalishni bajaradi. Yoʻlkira haqi Xoʻjanddan Qoʻqongacha 100 ming soʻmni tashkil etadi. Yoʻlovchilarning talab va istaklariga koʻra, avtobus qatnovi koʻpaytirilishi mumkin.