Maktab jamoasi tomonidan mavjud sharoitdan unumli va samarali foydalangan holda xorijiy davlatlar tajribasi asosida turli xil maxsus o'quv xonalari yaratilgan.

O'quvchilarni ijtimoiy-maishiy hayotga tayyorlov xonalari bilan tanishilgandan so'ng ta'lim sifatini oshirish maqsadida maktabga televizor, proektor, kompyuter taqdim etildi. 

Mas'ul xodimlarga ushbu maktab tajribasini butun respublika maxsus maktab-internatlariga ommalashtirish maqsadida 5-son maxsus maktab-internatga kelib o'rganishlari bo'yicha topshiriq berildi.

Ma'lumot uchun: ushbu maktab davlat dasturi doirasida ta'mirlanishi belgilangan.