U Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 59-5-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.
Sud qaroriga muvofiq, fuqaro I.S.ga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, birinchi instansiya sudi qarori ustidan qonunda belgilangan tartib va muddatlarda Fargʻona viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish hamda protest keltirish huquqi mavjudligi maʼlum qilindi.
Maʼlumot uchun, mazkur fuqaro avval ham shunga oʻxshash huquqbuzarlik sodir etgan. Xususan, 2025-yil 10-yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining qarori bilan u Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 59-5-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan edi.
Oʻzbekiston sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan TOP-7 mamlakatlar qatoriga kirdi