Shu sababli bugun, 12-mart kuni soat 9:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi, deya xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng koʻlamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.