Qayd etilishicha, 2023 yil 13 avgust kuni soat 17:53larda Oltinko‘l tumani Xo‘ja ko‘chasi 52-uyda yashovchi 1984 y.t. D Aning IIBning “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, u o‘z murojaatida Oltinko‘l tumani Maslaxat hududidan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” daryosidan 10 yoshli o‘g‘il bola murdasi topilganligi xaqida ma'lum qildi.
Olib borilgan surishtiruv natijasida, ushbu jasad, Oltinko‘l tumani “Ors” MFY Yuqori ko‘chasi 134-uyda yashagan 08.09.2012 y.t. T. A ekanligi ma'lum bo‘ldi. Marxum T. A jasadi Sud tibbiy ekspertizasiga yuborildi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchi dispetcherlik xizmatiga suvda cho‘kish bo‘yicha xabar kelib tushmagan.