Лого Лого-пв-уз

    Qorakoʻl tumanida sodir boʻlgan YTH yuzasidan maʼlumot berildi

    Tashvishli xabar 24 Noyabr 2022 3194

    Haydovchi tezlikni oshirib, boshqaruvni yoʻqotgan.

    2022-yil 23-noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani hududidan oʻtuvchi 4R-76 avtomobil yoʻlining 1-kilometrida joylashgan 15-maktab yaqinida 1999-yilda tugʻilgan haydovchi Z.M. “Nexia-2” rusumli avtomobilda tezlikni meʼyoridan oshirib harakatlanayotgan vaqtda piyodalar oʻtish joyidan velosipedni yetalab oʻtayotgan fuqaroning velosipedini urib yuborgan.

    Shundan soʻng boshqaruvni yoʻqotib piyodalar yoʻlakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yuborib, avtomobil agʻdarilgan.

    YTH natijasida piyodalardan biri, 2013-yilda tugʻilgan U.U. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Mazkur YTH yuzasidan Qorakoʻl tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Barcha haydovchilardan yoʻllarda tezlikni meʼyoridan oshirmasdan, qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanish soʻraldi.