Qorakoʻl tumanida 2021-yilning 1-yarim yilligi davomida oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va oilaviy daromadini oshirish maqsadida jami 1 ming 172 nafar xotin-qizlarga jami 15 milliard 282 million soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Ularning 483 nafarini ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir” yoki “ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar tashkil etadi. Ushbu xotin-qizlarga 4 milliard.26 million soʻm imtiyozli kreditlar issiqxona, chorvachilik, parrandachilik, tikuvchilik va turli xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida ajratildi. Tumanining “Tojikent” mahallasida “Ayollar daftari”dagi Feruza Akmurodova 60 million soʻm kredit evaziga 5 sotix issiqxona tashkil etdi.
Ushbu tashabbusi orqali F.Akmurodova turmush oʻrtogʻi, oʻzi va qizining bandligini taʼminlab, 4 tonnadan ortiq pomidor yetishtirdi. Shuningdek, Dilnoza Rasulova 27 million kredit evaziga 7 ta zamonaviy tikish mashinasi sotib oldi va hozirda oʻzi boshchiligida 8 nafar xotin-qizlar bozor talablaridan kelib chiqib tadbirkorlik bilan shugʻullanyapti, deb xabar beradi Qorakoʻl tuman hokimiyati matbuot xizmati.
Qorako'l tumanidagi,1 ming 172 nafar xotin-qizlarga jami 15 mlrd. 282 mln. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi
Ularning 483 nafarini ijtimoiy himoyaga muhtoj
Toshkent shahri va Zangiota oraligʻida yangi temiryoʻl oʻtkazgichi ochildi
- Ustyurtda sayg‘oqlar uchun beshta avtonom suv ichish tizimi o‘rnatildi
- O‘zbekistonda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish choralari kuchaytirildi
- “Tezroq harakat qiling, Oʻzbekiston bozoriga kirishga shoshiling” yoxud sobiq elchining fikri oʻzgarishiga nima sabab boʻldi?
- Notinch dunyodagi tinch, barqaror mamlakat
- Namangangа yana 12 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi