Qorakoʻl tumanida joriy yil 5 ming 626 gektar maydonda gʻalla ekildi. Davlatga 13 ming 787 tonna gʻalla mahsulotini yetishtirish rejalashtirilgan.
Agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli olib borilishi va gʻallani qisqa muddatda yigʻib olish maqsadida tegishli otryadlar tuzilgan.
Qorakoʻl tumanida joriy yil 5 ming 626 gektar maydonda gʻalla ekilib, 13 ming 787 tonna gʻalla mahsulotini yetishtirish rejalashtirilgan. Agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli olib borilishi va gʻallani qisqa muddatda yigʻib olish maqsadida tegishli otryadlar tuzilib, zarur texnikalar bilan taʼminlanishi oʻz samarasini berdi. Tuman hududidagi fermer xoʻjaliklari gʻalladan moʻl hosil olib, shartnoma rejalarini bajarmoqda.
Tumandagi “Qozon” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan “Ochil bobo” fermer xoʻjaligi davlatga gʻalla topshirish rejasini bajardi. Fermer xoʻjaligi 35 tonna gʻalla topshirib, davlat rejasini 103 foizga bajardi. Hosildorlik gektariga 70 sentnerdan toʻgʻri keldi.
Tumanda gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.