Qorako'llik yosh o'qituvchi 100 balli natijani qayd etdi

    Dilmurod SHaripovning pedagogik faoliyatini boshlaganiga endigina 5 yil bo'ldi.

    Ayni paytda Qorako'l tumanidagi 19-umumta'lim maktabida ish olib borayotgan ushbu yosh pedagogni jamoadoshlari, tumandagi hamkasblari mahoratli tarix fani o'qituvchisi sifatida qadrlashadi.

    O'quvchilari fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda.

    "O'qituvchi hamisha o'z ustida ishlashi, muntazam ravishda salohiyatini oshirib borishi zarur" deb biladi u.

    2020 yilda 2-malaka toifasiga ega bo'lgan yosh muallim, bugun malaka sinovida 100 balli natijani qayd etgan holda 1-toifani egalladi.