Nafaqat markazlardagi, balki chekka-chekka hududlarimiz, olis qishloqlarimizda ham istiqomat qilayotgan yoshlarni eshitish, Davlatimiz rahbari boshchiliklaridagi islohotlarni yetkazish, ularning mavjud muammolarini bartaraf etish bugun har bir davlat xizmatchisi kun tartibidagi vazifaga aylanishi muhimdir.

Shu bois, Buxoroda boʻlib turgan Agentlikning Ishchi guruhi joylarda oʻrganishlar davomida aholi, yoshlar bilan ham samimiy muloqot qilmoqda.

Jumladan, Ishchi guruh Qorakoʻl tumani “Oq oltin” mahallasida joylashgan matematikaga ixtisoslashtirilgan “Hasan bobo” nodavlat taʼlim muassasasida boʻldi.

Markazda 100 nafardan ortiq oʻquvchi-abituriyent tahsil olmoqda. Har yili muassasaning 90% oʻquvchilari nufuzli OTMlarga oʻqishga qabul qilinmoqda.

Otabek Hasanov markaz yoshlariga motivatsion trening oʻtib, ularni ilm olishga, marrani hamisha baland olishga undab, shaxsiy tajribalarini oʻrtoqlashdi. Yoshlarning kelajak maqsadlari qatʼiylashdi.