Seminarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Oʻznaslchilik” davlat korxonasi, boshqarmalari mutasaddi vakillari, osemenatorlar, fermer xoʻjaliklari rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Mutaxassislar maʼlumotida keltirilishicha, mamlakatimizda oʻtgan asrning 50 yillari oxirida kirib kelgan va “Oʻznaslchilik” davlat korxonasi tashkil etilgan. Korxona direktori, Olimjon Mamatqulovning soʻzlariga koʻra, ayni kunda korxonada Simmental, Golshteyn, Shvis, Angler, Angus, Bushuyev kabi zotlarga mansub nasldor buqalar parvarish qilinmoqda. MAzkur muassasa nafaqat Oʻzbekiston, balki Markaziy Osiyo respublikalarida yagona hisoblanarkan.
Bugun “Oʻznaslchilik” davlat korxonasi dunyoning shu sohaga ixtisoslashgan mashhur kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. Kompaniya naslli buqalardan olingan urugʻ(sperma)laryordamida sunʼiy urugʻlantirish texnologiyasini hayotga tatbiq etishda davom etmoqda. Korxona xodimlari muntazam xorij davlatlariga xizmat safarlariga yuborilib, sunʼiy urugʻlantirish texnologiyasidagi yangiliklar, asbob-uskunalardan foydalanish mahoratlarini oshirib kelmoqda.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan qoramollar naslini yanada yaxshilash, chorvachilikda yuqori mahsuldorlikka erishish va hayvonlar kasalliklarining oldini olishda sunʼiy urugʻlantirishning ahamiyati xususida fikr – mulohazalar, soʻnggi tajribalar va ularning natijalari xususida muloqot qildilar.
Mutaxassislar tomonidan anjuman davomida chorva hayvonlarini sunʼiy urugʻlantirishning afzal jihatlariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Axborot xizmati