“Oʻzbektelekom” AK Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahri markazidan 98 kilometr, tuman markat” OFY hududida yashaydigan aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish maqsadida 1 ming 24 abonentga moʻljallangan OLT qurilmasi oʻrnatildi.
“Madaniyat” OFY hududidagi umumtaʼlim maktab va bolalar bogʻchasiga qadar 11,4 kilometr uzoqlikdagi optik kabellar yotqizildi. Hozirgi kunda Qoraoʻzak tuman telekommunikatsiya tarmogʻi xodimlari tomonidan 7,3 kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyasi hamda 13 kilometr abonent simlari oʻtkazilib, 178 dan ortiq xonadon GPON texnologiyasi asosida Internet tarmogʻiga ulandi.
Shuningdek, ushbu tumanning markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Qoraoʻzak tumani “A. Dosnazarov” OFY hududida yashovchi aholiga ham telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish maqsadida 1 ming 24 abonentga moʻljallangan OLT qurilmasi oʻrnatildi.
Ayni kunlarda tuman telekommunikatsiya tarmogʻi xodimlari tomonidan aholini telekommunikatsiya xizmatlariga ulash ishlari davom ettirilyapti, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.