Qorao'zak tumanida joriy yil 4300 gektar maydonda g'alla ekilib, davlatga 9693 tonna g'alla mahsulotini etishtirish rejalashtirilgan. Agrotexnik tadbirlarning o'z vaqtida sifatli olib borilishi va g'allani qisqa muddatda yig'ib olish maqsadida tegishli otryadlar tuzilib, zarur texnikalar bilan ta'minlanishi o'z samarasini berdi. Tuman hududidagi fermer xo'jaliklari g'alladan mo'l hosil olib, shartnoma rejalarini bajarmoqda.

Tumandagi “Qorao'zak” qishloq fuqarolar yig'inida joylashgan “Qorao'zakli Rasul” fermer xo'jaligi tuman va Respublika miqyosida birinchi bo'lib davlatga g'alla topshirish rejasini bajardi. Fermer xo'jaligi 39 tonna o'rniga 65 tonna g'alla topshirib, davlat rejasini 167 foizga bajardi. Hosildorlik gektariga 65 tsentnerdan to'g'ri keldi.

Tumanda g'alla o'rim-yig'im mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati