Qoraqalpogʻiston iqtisodiyot va moliya vazirligiga yangi vazir tayinlandi

    Erlepesov Nurullan Umirzakovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

    Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

    Unda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qoʻmitasi raisi Seytnazarov Berdibek soʻzga chiqib, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʼminlash va moliyaviy tizimini yanada takomillashtirish yoʻlida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy islohotlarni xalqimiz hayotida ifoda etish muhim vazifa ekanini alohida taʼkidlab, yigʻilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.