Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan “Lada Largus” avtomashinasi koʻzdan kechirish chogʻida avtomobilning yuk boʻlimidagi ikkita ovoz kuchaytirgich (kolonka) bojxonachilar eʼtiborini tortgan.
Xolislar ishtirokida kolonkalar tekshirilganda, ularning ichidan 36 dona polietilen oʻram topilgan. Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga koʻra, oʻramlarda ogʻirligi 18,089 kg boʻlgan sintetik mefedron preparati boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, mefedron Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvand moddalar roʻyxatiga kiritilgan, — deyiladi xabarda.