D.Usaqov 1972-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir tumanida tugʻilgan. 1996-yil Toshkent irrigatsiya va qishlok xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini (kunduzgi), 2003-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi)da tahsil olgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 1996-yil Xalqaro Orolni qutqarish jamgʻarmasi Nukus filialining iqtisodiy masalalar boʻyicha katta referenti lavozimida ishlashdan boshlagan. Bundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining kotibiyat va qoʻmitalarida, suv xoʻjaligi sohasining tizim tashkilotlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. D.Usakov shu kunga qadar Nukus tumani irrigatsiya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan.