Tuzilma Prezident qarori bilan tashkil etildi, deb yozmoqda rasmiy manba.
Unga ko'ra, 2023-yil davomida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi 452 ta mahalla fuqarolar yig'inlarining har biriga 500 million so'mdan mablag' yo'naltiriladi. Jamg'armaga jami 228 milliard so'm mablag' ajratildi.
Bundan tashqari, Prezident qarori bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Madaniyatni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etildi. Ushbu jamg'armaga 2023-yil uchun jami 20 milliard so'm mablag' ajratildi.