Ushbu aloqa liniyasi uzilishi oqibatida Taxiatosh tumani aylanma kanallar orqali zaxiralanmaganligi sababli, tumanda aloqada 2 soat 5 daqiqa toʻxtalish kuzatilgan va “Oʻzbektelekom” AK Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialiga zarar yetkazilgan.
“Oʻzkomnazorat” Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy inspeksiyasi ushbu holat sabablarini oʻrganib chiqib, kabelni uzib yuborilishiga aloqador mansabdar shaxs “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”da belgilangan talablarni buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 154-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy ish ochdi. Tegishli hujjatlar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245-moddasi 3-qismiga asosan koʻrib chiqish uchun Xoʻjayli tumani maʼmuriy sudiga oʻtkazildi.
Xoʻjayli tuman maʼmuriy sudi tomonidan chiqarilgan qaror asosida aloqa kabelini uzib yuborilishiga sababchi boʻlgan mansabdor shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 154-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.