Forum doirasida “InfoSystem Nukus”, “Texnopos” oʻquv markazi, “DataLife” oʻquv markazi hamda “arakalpak info” korxonalari rahbarlari tomonidan forum qatnashuvchilari uchun maʼruzalar qilindi.

Forum davomida mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirish, bu sohaga qiziquvchi yoshlar sonini koʻpaytirish, har oyda IT forumlar tashkil etish, yosh kadrlarni tayyorlash, ularga imkoniyat eshiklarini ochib berishda barcha sharoitlar yaratilayotgani alohida taʼkidlandi.

Asosiy bosqich yakunida forum ishtirokchilari dasturchilar bilan suhbat oʻtkazdilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.