Shamuratov Atamurat Shamunovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.
A.Shamuratov tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Apparatining Investitsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sektori boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.
K.Aytbayev tayinlovga qadar Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Sdikov Islambek Muratbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.
U bugungi kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Sanoat qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.