Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarida ushbu shaxslar ushlandi.
Qayd etilishicha, Departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.T.” xususiy korxonasi va “Ch.Z.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari fuqaro A.A.ga tegishli Nukus koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 1,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Shuningdek, Departamentning Olmazor tumani boʻlimi va Toshkent shahar ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.M. “Xonchorbogʻ” MFY hududidagi xonadonida ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida 4 dona elektr pechlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 567,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.