Shu sababli aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Prezident topshirigʻiga asosan Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi, deya xabar qiladi Energetika vazirligi.

Unga koʻra, ushbu ikki hudud uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kub metrli bazaviy meʼyor amal qilish muddati 2026-yilning 15-martigacha uzaytirildi.

Eslatib oʻtamiz, respublikaning boshqa hududlarida 1-martdan boshlab bazaviy meʼyor odatdagi 100 kub metr etib belgilangan.