Yangi ochilgan oilaviy mehmon uylari egalarini mahalliy hokimiyat tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlik sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi va oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritdi. Ularga tegishli guvohnomalar topshirildi.

Endi ushbu mahallalarda yashovchi oilaviy mehmon uylari egalari oʻz mehmon uylarida sayyohlarni qonuniy tartibda qabul qilishlari mumkin boʻladi.

Mazkur mahallalarda oilaviy mehmon uylarining ochilishi mahalliy aholi bandligini taʼminlash hamda ichki turizmni rivojlantirish yoʻlida xizmat qiladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.