2022 yil 28 noyabr` kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko'rib chiqish bo'yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati sud`yasi E. Abibullaev raisligida birinchi instantsiya sudida ko'rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko'ra sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallыxanova, A. Turdanov, A. Smetullaev, D. Djiemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayыpov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebaev, S. Kalilaev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamog'i” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qo'llanilgan.

Sud jarayoni ochiq tarzda o'tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferentsaloqa vositasida to'g'ridan-to'g'ri kuzatishga mo'ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan, deb xabar bermoqda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy Telegram-kanali.