“Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur qurilma ichimlik suvi yetib bormagan va yetkazib berish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadigan hududlarga moslashtirilgan.
Ushbu innovatsion texnologiya sinov tariqasida yoʻlga qoʻyildi va undan olinayotgan statistik maʼlumotlardan foydalangan holda respublikamizdagi boshqa meteostansiyalarga oʻrnatish rejalashtirilmoqda.
Atmosfera havosi namliklarning ulkan rezervuari ekani hisobga olinsa, atmosfera suv generatorini oʻrnatish atmosfera suvini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng samarali qurilma deyish mumkin.
Shuni taʼkidlash lozimki, ushbu moslama distillangan suvdan xam tozaroq suv olish imkonini beradi.Qurilma atmosfera havosi namligiga va haroratga qarab kuniga taxminan 12 litrdan 30 litrgacha ichimlik suvi yetkazib berish imkonini beradi. Koʻp quvvat (1 kVt) talab qilmasligi, ixcham, ekologik toza, foydalanishda texnik jihatdan inson hayotiga xavfsizligi uning qulay jihatlaridan biridir.