Mazkur missiya doirasida 36 nafar kuvaytlik şifokor 317 dan ortiq bemorni bepul körikdan ötkazib, 187 ta murakkab jarrohlik amaliyotini bajardi. Tibbiy yordam kardiologiya, onkologiya, ginekologiya, plastik jarrohlik, oftalmologiya, ortopediya va umumiy jarrohlik kabi 7 ta yönaliş böyiça körsatildi.
Loyihaning umumiy qiymati 4,2 million dollarni taşkil etib, şundan 3,9 million dollari tibbiy xizmatlarga, 300 ming dollari esa zarur jihoz hamda sarflaş materiallariga yönaltirildi.
Bunday xayriya dasturining ikkinçi bosqiçi bölib, birinçisi 2025-yil 29-aprel – 5-may kunlari Nukus şahrida ötkazilgan edi. Öşanda 420 nafar bemorga bepul tibbiy yordam körsatilib, 36 ta operatsiya bajarilgan.
Taşrif doirasida Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşida qator uçraşuvlar ötkazilib, Kegeyli, Qonliköl va Törtköl tumanlarida nogironligi bölgan bolalar uçun ambulator reabilitatsiya markazlarini taşkil etiş loyihalari muhokama qilindi.