Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi davlat inspektorlari tomonidan ekologik jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tezkor nazorat tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida Taxiatosh tumani hududida joylashgan tabiiy koʻlda 3 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda taqiqlangan usulda baliq ovlanayotganligi aniqlandi. Oʻrganish davomida jami 5 ta zogʻora, 1 ta ilonbaliq, 195 ta doʻng peshona, 2 ta karas hamda 5 ta qilich baliqlari ovlanganligi maʼlum boʻldi.
Natijada tabiatga 752 million 625 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.