Qoraqalpogʻistonda rassomlar ishtirokida ijodiy plener boʻlib oʻtyapti

    Mamlakatimizda 21 Sentabr 2022 1303

    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq shaharchasi va Orol dengizi boʻylab bir guruh rassomlar ishtirokida ijodiy plener boʻlib oʻtyapti.

    Mazkur plener Vazirlar Mahkamasining 6-son bayonidagi bandlar, yaʼni “Aral-dream” plener loyihasi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

    Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan uyushtirilgan ushbu loyihada taniqli rassomlar: Vasiliy Xapov, Sarsenboy Boybusinov, Abdulla Rajabov, Sobir Kutlimurodov, Saidbek Sabirbayev, Ikram Matchanov va Shirin Tashovalar ishtirok etyapti, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

    Eslatib oʻtamiz, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Samarqandda SHHT sammitida Samarqand ruhini aks ettirish maqsadida plener tashkil etilgandi. Unda SHHTga aʼzo davlatlar rassomlari ishtirok etgan.