Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev shamol elektr stansiyalarini qurish va generatorlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi “Goldwind” kompaniyasining biznesni rivojlantirish boʻyicha ijro direktori Liu Xiojia, kompaniyaning biznesni rivojlantirish boʻyicha bosh menejeri Yuan Bolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida “Goldwind” kompaniyasi tomonidan xududda shamol elektr stansiyalari va generatorlarini qurish, bu yoʻnalishdagi imkoniyatlardan natijali foydalanish, generatorlar qurilishi uchun olib kelinadigan mahsulotlar, energiya ishlab chiqarishni kengayttirish, eng asosiysi, yangi ish joylarini yaratish masalalari soʻz etildi.

Aytib oʻtish joiz, bugungi kunda xududda shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha ishlar boshlangan va hozirgi paytda amaliy tadbirlar davom etmoqda.