баннер
26 Mar 2025
14:08

    Qoraqalpogʻistonda soliqdan qarzdorlarning 15,9 mlrd soʻmlik mol-mulki auksionga chiqarildi

    Qarzdorlarga tegishli 42,8 mlrd soʻmlik 26 ta koʻchmas mulklar, 2,5 mlrd soʻmlik 12 ta avtotransport vositalari va 1,4 mlrd soʻmlik 9 ta maxsus texnikalar jami 46,8 mlrd soʻmlik 47 ta mol-mulklar xatlandi.

    Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan soliq qarzdorligini undirish haqidagi sud va soliq organlari qarorlarining ijrosi taʼminlanmoqda, deb yozadi Bosh prokuratura axborot xizmati.

    Qayd etilishicha, shu yilning oʻtgan davrida hududiy boʻlimlar ish yurituvidagi soliq qarzdorliklarini undirish bilan bogʻliq 282,5 mlrd. soʻmlik 21 794 ta ijro hujjatlardan 3 078 tasining ijrosi taʼminlanib, amalda 32,4 mlrd soʻm undirilgan.

    Qoldiqdagi ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash maqsadida 15,9 mlrd soʻmlik 2 391 ta ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor jismoniy shaxslarning daromadiga qaratilgan.

    Shuningdek, qarzdorlarga tegishli 42,8 mlrd. soʻmlik 26 ta koʻchmas mulklar, 2,5 mlrd. soʻmlik 12 ta avtotransport vositalari va 1,4 mlrd. soʻmlik 9 ta maxsus texnikalar jami 46,8 mlrd. soʻmlik 47 ta mol-mulklar xatlanib, auksion sadolariga chiqarilmoqda.

    Hozirda ushbu yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech