Prezidentimizning tashabbusi bilan amerikalik va O'zbekiston Bolalar milliy tibbiyot markazining kardioxirurg shifokorlari tomonidan Qoraqalpog'iston tibbiyot institutining klinikasida yuragida tug'ma nuqsoni bo'lgan bolalarda Amerika standartlari asosida bepul jarrohlik operatsiyalari olib borilmoqda.
Aktsiya uch hafta davomida o'tkazilishi reja qilinib, 50 nafar bolada o'tkaziladi.
Bugungi kunga kelib 12 nafar bola murakkab jarrohlik operatsiya o'tkazildi. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.