Nukus shahrida joylashgan “D. C.” MCHJga qarashli AGTKSHda elektron gaz hisoblash uskunasiga (EGHU) tashqi taʼsir oʻtkazilgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha 3,4 mlrd soʻmli tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.
Yana bir shunga oʻxshash holat shahardagi “E. A. M. G.” MCHJga tegishli gaz toʻldirish shoxobchasida ham sodir boʻlgan. Hisoblagichga taʼsir oʻtkazib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxonaga 217,3 mln soʻmlik jarima belgilangan.
Nukus tumanida joylashgan “D. C. O.” MCHJga qarashli AGTKSH nazoratdan oʻtkazilganda, hisoblagichning diafragma diametri va korxona raqami mavjud emasligi aniqlangan. Qonunbuzilish holati boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 8,6 mlrd soʻmlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.
Xoʻjayli tumanidagi “B.” MJCHga tegishli AGTKSHda ham EGHUning ham diafragma diametri va zavod raqami mavjud emasligi aniqlangan va qayta hisob-kitob amalga oshirilib, 6,1 mlrd soʻmlik jarima belgilangan.
Barcha holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.