Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 253 nafar fuqaro “Dovud ota” chegara posti orqali yirik qurilish obyektlarida belgilangan epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozogʻiston Respublikasining Aqtau shahriga tashkillashtirilgan holda joʻnab ketdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Qozogʻiston Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilgan tarqatma materiallar tarqatildi.
Bugungi ishlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Qozogʻiston Respublikasi ish beruvchilari oʻrtasida olib borilgan muzokaralar natijasida Oʻzbekiston fuqarolarini ushbu davlatga ishga jalb qilish boʻyicha erishilgan kelishuv natijasida amalga oshirilgan, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati.