Nukusda O'zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi va Assouline Publishing nashriyotining qo'shma loyihasi — Igor Vitalyevich Savitskiy merosi haqida turkum kitoblarni tayyorlash ustida ish qizg'in ketmoqda.
Muzey eksponatlarini suratga olish maqsadida Nukusga noshir Yaffa Assulin va fotograf Garald Gottshlakning tashrifi uyushtirildi va biz jarayon bilan tanishdik.

2021-yilning may oyida ushbu turkumning birinchi kitobi — muzeydagi oldin nashr etilmagan grafik ishlarga bag‘ishlangan «Savitskiy: buyuk kollektsioner tarixi»ni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Muzey zaxirasida saqlanayotgan xazinaning keng jamoatchilikka taqdim etilishi tasviriy san'at ixlosmandlari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘lishi shubhasiz.
Jahon madaniyatining ushbu merosi yurtimizda joylashgani bizning baxtimizdir. «Sahrodagi Luvr» nomi bilan mashhur Savitskiy muzeyi noyob va betakrordir, uning boy kollektsiyasini butun dunyo ko'rishi lozim.