Ikki kun davom etgan tashrif davomida teatr jamoasi tomonidan Qirgʻiz davlat akademik drama teatrida namoyish etilgan mazkur spektakl tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Spektakl ijodkorlari Qirgʻiz respublikasi Madaniyat, sport, turizm, axborot va yoshlar siyosati vazirligi faxriy yorligʻi, shuningdek, “Uranim Manas” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Qolaversa, Qizgʻiz davlat yoshlar teatri va Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.