Unda "Ma'rifat targ'ibotchilari" jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov, siyosiy fanlar doktori Narzulla Jo'rayev, elimiz suygan shoira Zulfiya Mo'minova, shuningdek taniqli san'atkorlar ishtirok etmoqda. Tadbirni Baxtiyor Husanov ochib berdi.
"2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida va mamlakatimizda yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida xam "Madaniyat uy"lari qurilmoqda, yangi kutubxonalar ish boshlayapti. Bu kabi ishlar bejizga amalga oshirilmayapti.
Zero, bu islohotlar zamirida mamlakatimizda Uchinchi Renesans poydevorini yaratishda adabiyot, san’at, ma’naviyat va ma’rifat sohalarining mavqeyini yanada oshirish maqsad qilib qo'yilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida uzoq gapirish mumkin. Men ayni damda bir narsani aytishim mumkin, o'zbekistonlik va qoraqalpog'istonliklar bir xalq va bir millat.
Qoraqalpoq yoshlari milliy qadriyatlarini asrash borasida barchaga namuna bo'la oladi. Misol uchun har bir tadbir va uchrashuvda milliy liboslardagi dutorchi qizlar bizni qarshi olmoqda", dedi jamiyat rahbari.
Shundan so'ng Baxtiyor Husanov farzand tarbiyasida ota-onalar mas’uliyati oshirish masalasiga to'xtalib o'tdi.