Tarqalgan xabarlarda voqea joyidan ketib qolgan “Cobalt” avtomobilining davlat raqami koʻrinmagani sababli uning haydovchisi qidirilayotgani haqida maʼlumot berilgan.

Toshkent viloyati IIBB maʼlumotiga koʻra, mazkur YTH joriy yil 15-avgust kuni soat 09:30 da sodir boʻlgan. Shu kunning oʻzida “Cobalt” haydovchisi — 30 yoshli X.A.ning shaxsi aniqlanib, u ushlangan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov yakuniga koʻra, jamoatchilikka qoʻshimcha axborot beriladi.