Qordan elektr energiyasi olinadi

    Yaponiyaning Aomori shahri ma'muriyati qor yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish bo'yicha texnik tajriba o'tkazmoqchi.

    Mutaxassislar ko'chalarni tozalash jarayonida to'plangan qorni shahardagi yopilgan maktablardan birida joylashgan hovuzga to'kishadi. Sovitkich quvurlari ham ichkariga joylashtiriladi. Harorat farqi tufayli sovitkichning konveksiya oqimi hosil bo'ladi, bu esa elektr energiyasini ishlab chiqaradigan turbinani aylantira oladi.

    Tokio elektr aloqalari universiteti professori Kodzi Enokining ta'kidlashicha, bu usulning samaradorligi quyosh panellaridan foydalanishga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, qordan foydalanish elektr energiyasini ishlab chiqarishning yanada ekologik toza usuli hisoblanadi, deydi u.