Shu ma'noda bugun aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida Qorovulbozor tumanida Cho'lquvar MFY 15,2 km ichimlik suv tarmoqlari va “Cho'lquvar” suv inshooti qurilishi natijasida 100 nafar hamda Tinchlik MFY hududida 8,4 km ichimlik suv tarmoqlarini tortilishi natijasida 800 nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Bundan tashqari “Cho'lquvar” MFY hududidagi “Cho'lquvar” 1-ko'tarish suv inshootidan “Bo'ston” MFY da istiqomat qiluvchi 1360 nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlanishi natijasida tuman bo'ylab toza ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi 100 foizga yetdi, deb xabar bermoqda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati.