— Tibbiyotda blefaroplastika nomi bilan ataluvchi amaliyot natijasida qovoqlardagi shishlarni ketkazish, ko'z osti qopchalarini bartaraf etish va ko'z atrofidagi terini taranglashtirish (mayda ajinlarni yo'qotish)ga erishish mumkin.

Mazkur amaliyot nafaqat ayollar, balki erkaklarda ham o'tkazilib, xavfsiz va qisqa fursatda bajariladi. 

Bunda bemor mahalliy anesteziya usulida 30 daqiqadan bir soatgacha operatsiya xonasida bo'ladi. Jarrohlik amaliyotidan so'ng uch-to'rt kun o'tgach, kesimdagi chok iplari olib tashlanadi. 

Amaliyotning birlamchi natijasi bir oydan keyin ma'lum bo'ladi. Operatsiyadan 5 kun o'tib, dekorativ kosmetika vositalaridan foydalanish mumkin.

Bleforaplastika qandli diabet, qon bilan bog'liq xastaliklar yoki yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bo'lganida o'tkazilmaydi. 

Shuningdek, amaliyot maxsus ixtisoslashtirilgan markazlarda yoki klinikalarda bajarilmasa, deylik, go'zallik salonida amalga oshirilsa, ijobiy natija kafolatlanmaydi, bunday qilish bemor uchun xatarli bo'lishi mumkin.

Sog'liqni saqlash vazirligi 
matbuot xizmati