Xorazmning eng chekka tumanlaridan biri hisoblanmish Qoʻshkoʻpir tumani markazida zamonaviy koʻrkam binoda ish boshlagan “Erudit” oʻquv markazida tarix, ona tili, matematika, fizika, geografiya, kimyo, biologiya fanlari, shuningdek rus, ingliz va fransuz tillaridan chuqurlashtirilgan bilim berish yoʻlga qoʻyiladi. Oʻquv markazida har bir fan boʻyicha malakali va tajribali pedagoglar jalb qilingan.

Oʻquv markazida qoʻshimcha bilim olishni xohlovchi yoshlar koʻpligi kishini quvontiradi.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri